Sankt-Peterburg milliy tadqiqot universitetining Axborot texnologiyalari va dasturlash fakultetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik Karen Baratyans “Max” milliy messenjeri uchun chat-botlar va mini-ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha talabalar tanlovida “TinchTech” loyihasi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Tanlovning final bosqichi Moskvada bo‘lib o‘tgan. Finalga “MAX” (Moskva xakatonlar akademiyasi) va “VK Education” ekspertlari tomonidan tanlangan 1,5 mingdan ortiq ishtirokchilardan iborat 56 ta jamoa chiqqan.
Jamoalar 50 dan ortiq bot prototiplari va mini-ilovalarni taqdim etgan. “MAX” milliy messenjeri uchun chat-botlar va mini-ilovalar yaratish bo‘yicha birinchi talabalar xakatoni finali raqamlashtirish, samaradorlik va ijtimoiy trek yo‘nalishida bo‘lgan.
“VK Education” ta’lim loyihalari bo‘yicha vitse-prezident o‘rinbosari Anna Stepanova tanlovga bildirilgan qiziqish yuqori bo‘lganini ta’kidlagan. Uning ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya mamlakatning turli hududlaridan 2,7 mingdan ortiq arizalarni qabul qilgan.
Shuningdek, Stepanova ishtirokchilar tomonidan Max messenjeri uchun dolzarb va amaliy mini-ilovalar hamda chat-botlar ishlab chiqilganini qayd etgan. Unga ko‘ra, eng yaxshi loyihalar milliy messenjer doirasida yanada rivojlantirilishi uchun VK tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
