Imtihonning ikkinchi bosqichida abituriyent nimalarni tanlaydi? - Ta’lim xabarlari
Imtihonning ikkinchi bosqichida abituriyent nimalarni tanlaydi?

Joriy yilgi qabul jarayonlariga bir qancha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

 

Jumladan, 2024-2025-o‘quv yili uchun imtihonlar “Avval test, keyin tanlov” tartibida bo‘lib o‘tmoqda. Imtihonlarning birinchi – test topshirish bosqichi 25-iyul kuni yakunlanadi. Shundan so‘ng, ikkinchi bosqich – tanlovga 15 kun vaqt ajratiladi. Umumiy mandat shaklantirib bo‘lingach, bir hafta ichida yakuniy natijalar e’lon qilinadi.

 

 

Ikkinchi bosqichda abituriyent quyidagilarni tanlaydi:

 

 

1.  Abituriyenttlar beshtagacha yo‘nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan istalgan yo‘nalishlarni va istalgan OTMlarni tanlashi mumkin.

 

Muhim! Ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin. UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo‘nalishni tanlaydigan qilingan. Bu orqali abituriyentlarga tanlov fanlari orqali qaysi yo‘nalishlarga kirishi mumkinligini tahminiy bilib olish imkoniyati berilgan.

 

 

2. Abituriyentlar ta’lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo’nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo’ladi. Masalan, 1 va 2-yo’nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.

 

Qaysi yo’nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo’qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.

 

 

3. Abituriyentlar tanlov jarayonida tanlov ustuvorligini ham tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin.

 

Agar, abituriyent “Grant ustuvorligi”ni tanlasa, uning tanlov natijalari avval grant, keyin kontrakt asosida ko‘rib chiqiladi. “Grant ustuvorligi” emas yo‘nalish yoki “grant va to‘lov-kontrakt”ni tanlagan bo‘lsa,  har bir yo‘nalishda grant va kontrakt asosidagi tanlovda ishtirok etadi va kontrakt bo‘lsa ham birinchi tanlagan yo‘nalishida o‘qishga kirgan hisoblanadi.

 

Qabuldagi keyingi o’zgarish – grant kvotasining taqsimlanishi.

 

Prezident farmoni bilan, joriy yilgi qabulda davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti universiteti uchun aniq grant kvotasi bo‘lmaydi, 50 ta oladi, 100 ta oladi, deyilmaydi. Balki internet jurnalistika yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.

 

 

Bunda respublikadagi barcha oliygohlardagi internet jurnalistika yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim oliygohlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.

 

 

Misol tariqasida:

 

Joriy yilda internet jurnalistika yo‘nalishi uchun 115 ta grant kvotasi ajratilgan. Masalan, O’zJoku, O‘zMU, O’zDJTU, TDSHU va QarDUda internet jurnalistika yo‘nalishi bor deylik. Mana shu 5 ta oliygohning internet jurnalistika yo‘nalishiga topshirgan barcha abituriyentlar ballar ketma-ketligida tartiblab chiqiladi va eng yuqori ball olgan 115 nafar abituriyentga grant beriladi. Shunda, misol uchun, O’zJokuga 50 ta grant, O‘zMUga 25 ta grant, QarDUga 20 ta grant va h.k. to‘g‘ri kelishi mumkin.

 

 

Ya’ni, yangi tizimda har bir universitetga grant bermasdan, ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan va yuqori ball olgan abituriyentlarga grant beriladi.

 

 

Shuningdek, abituriyentlar avvalgi qabullardagidek yo’nalish doirasidan imtihon topshirgan qolgan abituriyentlarning natijalarini bila olmaydi. Ya’ni, mandat chiqqunga qadar umumiy natijalar e’lon qilinmaydi. Abituriyent Bilimni baholash agentligining mandat.uz saytiga kirib, oxirgi 3 yillik abituriyentlarning grant va kontrakt uchun o‘tish ballarini o‘rganib chiqqan holda, natijasidan kelib chiqib, yo’nalish tanlashi mumkin.

 

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры