Joriy yildan maktab formasi majburiy boʻladi(mi)?

2022-yil 19-may kuni hukumatning 271-sonli qarori bilan maktab formasi 2024-2025 oʻquv yilidan emas balki, 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab majburiy boʻlishi haqida qaror qabul qilingan edi.

Biroq ota-onalar va keng jamoatchilik tomonidan maktab formasining joriy qilinishi turli xil eʼtirozlarga sabab boʻldi.

Shundan soʻng jamoatchilikning eʼtirozlari inobatga olinib, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 558-sonli qarori bilan 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilindi.

Ammo bu degani butunlay yoʻqoldi degani emas. Endilikda yagona maktab formasi bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.

Taʼkidlash lozim, soʻnggi qabul qilingan qarorda yagona maktab formasi joriy etishning aniq muddati belgilanmagan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры