Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘iga ko‘ra, joriy o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga o‘qishga qabul qilish muassasalarda tanlangan mutaxassislikka mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari fanlari negizida test sinovlari shaklida amalga oshiriladi.
Imtihonlar natijalari sinovlar o‘tkazilganidan keyin uch kun muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Yuqoridagi jadvalda SSV Matbuot xizmati tomonidan klinik ordinatura (rezidentura) orqali tibbiyot kadrlarni 2024/2025 o‘quv yilida tayyorlash bo‘yicha mutaxassisliklari va ularga muvofiq keluvchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati taqdim qilingan.