Oʻzbekistonga eng koʻp qaysi davlatdan talabalar oʻqish maqsadida kelgan?

Oʻzbekistonga eng koʻp qaysi davlatdan talabalar oʻqish maqsadida kelgan?

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida jami 33 287 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

 

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11 307 nafarga yoki 51,5 % ga oshgan.

 

Joriy yilning 10 oyida Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

 

– Hindiston — 14 322 nafar;

 

– Turkmaniston — 8 348 nafar;

 

– Tojikiston — 2 323 nafar;

 

– Pokiston — 1 620 nafar;

 

– Xitoy — 1 254 nafar;

 

– Janubiy Koreya — 806 nafar;

 

– Qirgʻiz Respublikasi — 696 nafar;

 

– Misr — 498 nafar;

 

– Filippin — 461 nafar;

 

– AQSH — 429 nafar;

 

– Turkiya — 333 nafar;

 

– Afgʻoniston — 280 nafar;

 

– Iordaniya — 175 nafar;

 

– Rossiya — 158 nafar;

 

– Buyuk Britaniya — 153 nafar;

 

– boshqa davlatlar — 1 431 nafar.

 

Avvalroq, nega tojikistonlik talabalar O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarini tanlayotganligi haqida xabar bergan edik.