3 yoshga toʻlmagan farzandi bor pedagoglar attestatsiyaga jalb qilinadimi?

3 yoshga toʻlmagan farzandi bor pedagoglar attestatsiyaga jalb qilinadimi?

Attestatsiya — xodimning egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq yoki muvofiq emasligini tekshirishning bitta yoʻli sanaladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 26-son qarori 29-bandida xodimning noloyiqligi bajarishi shart boʻlgan, topshirilgan ishni uddalay olmayotganligini isbotlovchi aniq faktlar shu jumladan attestatsiya hujjatlari bilan tasdiqlanishi lozim.

 

Mehnat kodeksining 409-moddasiga asosan, bolasi uch yoshga toʻlguniga qadar bola parvarishlash taʼtilida boʻlgan xodim bilan mehnat shartnomasini xodimning malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga loyiq emasligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusiga koʻra ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 3-bandiga muvofiq bekor qilishga xodim taʼtildan chiqqan kundan eʼtiboran bir yil ichida yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Shuningdek, Mehnat kodeksining 409-moddasiga muvofiq 3 yoshga toʻlmagan farzandi boʻlgan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda ham bekor qila olmaydi.

 

Shu sababli, 3 yoshga toʻlmagan farzandi boʻlgan xodimlarni attestatsiyaga jalb etish shart emas.