Toshkent shahrida AQSh universiteti ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, oliy ta’lim tizimida sifatni oshirish va xalqaro o‘quv dasturlarini tatbiq etishga oid hisobot bilan tanishdi.

 

O’zbekiston Prezidentining 2023-yil sentabr oyida AQShga tashrifi chog’ida ta’lim sohasi bo’yicha ham kelishuvlarga erishilgan edi.

 

Shunga muvofiq, Toshkent shahrida Amerika Texnologiyalari Universiteti ochilishi kutilmoqda. Uning faoliyati 2024-2025 o’quv yilidan boshlanadi.

 

Universitetda muhandislik, arxitektura va dizayn, axborot texnologiyalari, sog’liqni saqlash, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun kadrlar tayyorlanadi.

 

Bitiruvchilarga Arizona davlat universiteti yoki AQSh da tan olinadigan hamkor xorijiy universitetning diplomi beriladi.

 

Bu boradagi tashkiliy chora-tadbirlar va kelgusi maqsadlar belgilab olindi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры