Mehnat kodeksining 233-moddasiga koʻra, har yilgi mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti uchun xodimga ushbu kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan oʻrtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.
Mehnat kodeksining 257-moddasi 2-qismiga koʻra, oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqarish uchun xodimga hisoblangan ish haqining tarkibiga soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan, soliq solinishi lozim boʻlgan, ish beruvchi tomonidan haqiqatda toʻlangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar kiritiladi.
Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, xodimga ta’til puli yoki dekret pulini hisoblashda ustamalar hisobga olinadi.
Avvalroq, masofaviy ta’limda oʻqiyotgan xodim ham haq toʻlanadigan ta’til berilishi haqida xabar bergan edik.
