Zangiotalik o‘quvchi qiz bir vaqtning o‘zida qo‘l va oyoqlari bilan rasm chizadi (video)

Zangiotalik o‘quvchi qiz bir vaqtning o‘zida qo‘l va oyoqlari bilan rasm chizadi (video)

Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi 9-sonli maktab o‘quvchisi Shahnoza Ergasheva bir vaqtning o‘zida qo‘l va oyoqlari bilan rasm chizish mahorati bilan ajralib turadi.

 

“Men uchun rasm chizish — shunchaki qog‘oz va qalam emas, bu mening ichki dunyom, his-tuyg‘ularimni ifoda etish yo‘li. Har bir chizig‘imda orzularim va quvonchim mujassam,” — deydi u.

 

Kelajakda Shahnoza noodatiy portret janrida chizgan rasmlari bilan xalqaro tanlovlarda ishtirok etishni niyat qilgan.

 

Avvalroq, Navoiyda o‘quvchi 5 ta fandan sertifikat olib, muddatidan oldin talaba bo‘lgani haqida xabar bergan edik