Sizlarga 2024-yil 14-iyul kuni boshlanadigan test sinovlari oldidan omad tilagan holda, quyidagilarni yana bir bor eslatib o‘tamiz.
Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan sana va vaqtda borish talab etiladi. Imtihonga kechikkanlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Abituriyentlar pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olib borishi shart va shu hujjatlar bilan ular test oʻtkazildigan binoga kiritiladi.
Test sinovlariga taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinish imtihondan chetlashtirish uchun asos bo‘ladi!
Unutmang! Kech qolgan, hujjatlarsiz kelgan yoki ularning nusxalarini taqdim etgan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmayd!!!
Eslatma! Abituriyentlar ruxsatnomani @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram-boti orqali yuklab olishi mumkin.