O‘zbek talabalari uchun Hindiston OTMlarida kvotalar soni oshirilishi mumkin

O‘zbek talabalari uchun Hindiston OTMlarida kvotalar soni oshirilishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindiston madaniy aloqalar kengashi (ICCR) bosh direktori K. Nandini Singla bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘zbek talabalari uchun Hindiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyatlarini kengaytirish, kvotalarni oshirish va yo‘nalishlar ro‘yxatini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar ko‘p qirrali madaniy-gumanitar hamkorlikni, shu jumladan, ta’lim va akademik almashinuv sohasidagi sheriklikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha amaliy qadamlarni belgilab oldi.

 

– Biz oddiy hamkorlar emasmiz, balki umumiy ma’naviy ildizlar bilan bog‘langan xalqlarmiz. Madaniyat har doim o‘zaro munosabatlarimizga chuqur oziqlantiruvchi muhit bag‘ishlab kelgan, – deya ta’kidladi elchi Sardor Rustamboyev.

 

O‘zbekiston tomoni qator amaliy takliflarni ilgari surdi. Jumladan:

 

– taniqli o‘zbek raqs jamoalari va an’anaviy qo‘shiq ijrochilarining Hindistonda gastrollarini tashkil etish;

 

– Hindiston shaharlaridagi galereya va ko‘rgazma maydonchalarida o‘zbek rassomlari va hunarmandlarining ko‘rgazmalarini uyushtirish;

 

– o‘zbek va hind tillarini o‘zaro o‘rganish yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni faollashtirish.

 

Alohida tartibda o‘zbek talabalari uchun Hindiston oliy ta’lim muassasalarida ajratilayotgan kvotalar sonini oshirish va mutaxassisliklar ro‘yxatini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqildi.