Avgust oyidan boshlab maktab pedagoglari qancha maosh olmoqda?

Avgust oyidan boshlab maktab pedagoglari qancha maosh olmoqda?

Prezidentning 2025-yil 2-iyundagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-91-son farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-avgustdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 10 foizga oshirilgan edi.

 

Farmonga koʻra, pedagoglar 1-avgustdan quyidagi miqdorlarda oylik maosh olmoqdalar:

 

Maktab direktori:

 

– 5 mln 166 ming 485 soʻm (400 oʻquvchigacha);

 

– 5 mln 516 ming 559 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);

 

– 5 mln 849 ming 691 soʻm (881-1600 oʻquvchigacha);

 

– 6 mln 187 ming 933 soʻm (1600dan ortiq).

 

Direktor oʻrinbosarlari (MMIBDOʻ, OʻTIBDOʻ):

 

– 4 mln 825 ming 345 soʻm (400 oʻquvchigacha);

 

– 5 mln 166 ming 485 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);

 

– 5 mln 516 ming 559 soʻm (881 -1600 oʻquvchigacha);

 

– 5 mln 849 ming 691 soʻm (1600dan ortiq).

 

Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari:

 

– 1 mln 957 ming 858 soʻm (400 oʻquvchigacha);

 

– 2 mln 233 ming 302 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);

 

–  2 mln 322 ming 127 soʻm (881 -1600 oʻquvchigacha);

 

– 2 mln 515 ming 091 soʻm (1600dan ortiq).

 

Psixologlar:

 

– Oliy maʼlumotli psixolog – 3 mln 356 ming 916 soʻm;

 

– Ikkinchi toifali psixolog – 3 mln 594 ming 851 soʻm;

 

– Birinchi toifali psixolog – 3 mln 838 ming 851 soʻm;

 

– Oliy toifali psixolog – 4 mln 72 ming 508 soʻm.

 

Oʻqituvchilar:

 

– Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi – 3 mln 468 ming 585 soʻm;

 

– Oliy maʼlumotli oʻqituvchi – 3 mln 729 ming 906 soʻm;

 

– Ikkinchi toifali oʻqituvchi – 4 mln 175 ming 834 soʻm;

 

– Birinchi toifali oʻqituvchi – 4 mln 653 ming 151 soʻm;

 

– Oliy toifali oʻqituvchi – 5 mln 142 ming 053 soʻm.

 

Kadrlar boʻyicha menejer:

 

– 1 mln 758 ming 372 soʻm.

 

Kutubxona mudiri:

 

– Oʻrta maxsus maʼlumotli – 2 mln 349 ming 447 soʻm;

 

– Oliy maʼlumotli – 2 mln 563 ming 442 soʻm.