Andijonda 8 yoshli bola ingliz tilini bilish boʻyicha “B2” darajali sertifikatni qoʻlga kiritdi.
Paxtaobod tumani “Uchkoʻza” MFYda istiqomat qiluvchi 8 yoshli Muhammadyusuf Ibrohimjonov ingliz tili bilish darajasini aniqlovchi “Multilevel” imthonida umumiy hisobda 54 ball toʻplab, B2 darajasiga ega boʻldi.
U 19-maktabning 2-sinf oʻquvchisi hisoblanib, 2017-yilning 7-avgust sanasida tugʻilgan.
Avvalroq, Buxorolik o‘quvchi IELTS 8 va SAT 1550 ballik xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
