Xabaringiz bor, ayni kunlarda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘tkazilgan malaka sinovlarida pedagoglar yuqori natijalarni qayd etishdi:
– Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 21-maktabning davlat va huquq asoslari fani oʻqituvchisi Durdona Roʻziyeva 96 ball;
– Navoiy viloyati, Xatirchi tumani IMI fizika fani oʻqituvchisi Zuhriddin Xudoyberdiyev 94 ball;
– Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidagi 21-maktabning kimyo fani oʻqituvchisi Zarnigor Norova 92 ball;
– Jizzax viloyati, Do’stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani oʻqituvchisi Binoli Shodmonov 92 ball;
– Toshkent shahri, Mirobod tumanidagi 214-maktabning fizika fani oʻqituvchisi Maftuna Ibragimova 90 balni qoʻlga kiritdi.
Avvalroq, attestatsiyada yuqori ball olgan ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan oʻqituvchilar haqida xabar bergan edik.
