Imtihonlar boshlandi! - Ta’lim xabarlari
Imtihonlar boshlandi!

Alohida iqtidor talab etadigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar bugundan boshandi. Ushbu turdagi imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

 

2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha  53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.

 

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborilgan.

 

Abituriyentlar o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari va belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari talab etiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры