Ayni kunlarda pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari davom etmoqda. 3–7-noyabr kunlari mazkur sinovlarda umumta’lim maktablarining boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
Bugun, 6-noyabr, ushbu fan pedagoglari uchun attestatsiyaning to‘rtinchi kuni hisoblanadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabariga ko’ra, attestatsiya sinovlarida quyidagi o‘qituvchilar yuqori natijalarni qayd etishgan:
Taxiatosh tumanidagi 19-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Dilshoda Atakeyeva 98 ball,
Zangiota tumanidagi 7-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Madina Kokinova 94 ball,
Paxtakor tumanidagi 3-maktabning boshlang‘ich sinf o’qituvchisi Sharofat Boynazarova 92 ball,
Pastdarg‘om tumanidagi 19-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Muattar Isrofilova 92 ball,
Buxoro shahridagi 12-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Zaynura Xolliyeva 92 ball,
Kogon tumanidagi 4-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi E’tibor Nematova 92 ball,
Kogon tumanidagi 18-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nargiza Safarova 92 ball,
G‘ijduvon tumanidagi 19-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Sitora Ortiqova 92 ball,
Guliston tumani 3-umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Olimova Zuxra 90 ball,
G’allaorol tumanidagi 29-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Gulhayo Eshpulatova 90 ballni qo’lga kiritdi.
