Texnikum direktorlari va ularning oʻrinbosarlarining oyligiga 30-50 foiz ustama toʻlanadi

Texnikum direktorlari va ularning oʻrinbosarlarining oyligiga 30-50 foiz ustama toʻlanadi

2025-yil 23-oktyabrda Prezidentning “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–316-son qarori qabul qilindi.

 

Unga asosan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab xodimlar mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish shartlariga ko‘ra:

 

 

– agentlikning hududiy boshqarmalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalariga tenglashtiriladi;

 

 

– texnikumning rahbar, pedagog va boshqa xodimlari umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi. Bunda umumta’lim fani o‘qituvchilari uchun ularning ish haqi fondiga nisbatan 10 foiz, boshqa xodimlar uchun esa 20 foiz miqdorida rag‘batlantirish jamg‘armasi shakllantiriladi.

 

 

2026/2027-oʻquv yilidan boshlab texnikum direktori va uning oʻrinbosarlarini menejerlik sertifikati asosida mos ravishda lavozim maoshining 50 va 30 foizi miqdorida har oylik ustama berish orqali ragʻbatlantirish tizimi joriy etiladi. Bunda:

 

 

– menejerlik o‘quv kursi A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan tashkil etiladi;

 

 

– menejerlik o‘quv kursining o‘quv rejasi va dasturlari Agentlik bilan birgalikda tasdiqlanadi.

 

 

Agentlik tizimidagi muassasa va tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.