Mehnat kodeksning 441-moddasiga asosan mazkur ishga oʻzi uchun asosiy ish joyi boʻlgan xodim qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi bu haqda oʻrindoshni mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar kamida ikki hafta oldin yozma shaklda ogohlantiradi yoxud mutanosib miqdorda pulli kompensatsiya toʻlashi belgilangan. Yaʼni ish beruvchi oʻrindosh xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilgan taqdirda uni ikki hafta oldin ogohlantirishi shart.
Bundan tashqari ishdan boʻshatish nafaqasi ham toʻlanadi. Mehnat kodeksining 442-moddasiga asosan oʻrindoshlik (ichki yoki tashqi) asosida ishlash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 173-moddasining ikkinchi qismida hamda 441-moddasida nazarda tutilgan qoʻshimcha asoslar boʻyicha bekor qilinganida xodimga ishdan boʻshatish nafaqasi ikki haftalik oʻrtacha ish haqi miqdorida toʻlanadi. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, ikki haftalik ishdan boʻshatish nafaqasi ikki haftalik oʻrtacha ish haqi miqdorida toʻlanadi.
Shu oʻrinda tushuntirish berib oʻtaylik, kodeksning 173-moddasi ikkinchi qismi umumiy tarzda qaysi holatlarda ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanishini tartibga soladi.
