Kasbga o‘qitish bo‘yicha buyurtmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylashtirish tartibi joriy etiladi

Kasbga o‘qitish bo‘yicha buyurtmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylashtirish tartibi joriy etiladi

Prezidentning 2025-yil 23-oktyabrdagi “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–316-son qarori qabul qilindi.

 

 

Farmon ijrosi doirasida kasbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi.

 

 

Endilikda davlat organlari va tashkilotlariga kasbga o‘qitish bo‘yicha buyurtmalarni davlat texnikumlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylashtirish va moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.

 

 

Bu tartibga ko‘ra:

 

– buyurtma asosida to‘langan mablag‘lar texnikumlarning byudjetdan tashqari hisob raqamlariga o‘tkaziladi;

 

– davlat texnikumlari ta’lim xizmatlari narxini bozor konyunkturasidan kelib chiqib mustaqil belgilaydi;

 

– mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

 

 

Mazkur yangilik kasbiy ta’lim tizimida iqtisodiy mustaqillikni kengaytirish, o‘quv jarayonining sifatini oshirish va mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.