Bugungi MTT pedagoglari ishtirok etayotgan attestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish mumkin

Bugungi MTT pedagoglari ishtirok etayotgan attestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish mumkin

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini toʻgʻridan-toʻgʻri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.

 

 

Bugun, 24-oktyabr kuni mazkur sinovlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachisi, maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, tarbiyachi-metodist (direktor oʻrinbosari), oʻqituvchi-defektolog (MTT), oʻqituvchi-logoped (MTT), musiqa xodimi (musiqa rahbari), psixolog (MTT), ingliz tili (maktabgacha), nemis tili (maktabgacha) fransuz tili (maktabgacha) fanlari pedagoglari ishtirok etmoqda.

 

 

Jarayonlarni quyidagi havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin:

 

https://cams.uzedu.uz/