Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida (170 ming so‘m) to‘lovni amalga oshiradi.
Bunda quyidagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:
– test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilari);
– nogironligi bo‘lgan shaxslar;
– to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);
– “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar uchun invoys shakllantirilmaydi va qayd varaqasining quyi qismida nima uchun to‘lovdan ozod etilgani to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi.