Milliy sertifikat natijalariga ko‘ra test jarayonida kimlarga maksimal ball beriladi? - Ta’lim xabarlari
Milliy sertifikat natijalariga ko‘ra test jarayonida kimlarga maksimal ball beriladi?

Abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berish tizimi Vazirlar Mahkamasining tegishli (12.10.2020-yildagi 646-son) qaroriga asosan belgilangan.

 

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Unga ko’ra:

 

2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

 

Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

 

Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lgan abituriyentlarga esa mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

 

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan maksimal ball beriladi.

 

2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

 

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

 

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

 

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

 

OTMga kirishda imtiyoz beradigan umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro’yxati

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры