Xabaringiz bor, Toshkent viloyatidagi bir nechta davlat bog‘chalarida ommaviy zaharlanish yuz bergani haqida xabar bergan edik.
Joriy yil 6-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev ushbu holat bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, ikki mingga yaqin bolaning zaharlanishi uchun Sanepidqo‘mitaning viloyat boshqarmasi boshlig‘idan tortib, tegishli tuman bo‘limi rahbarlarigacha ishdan olish kerak.
Eslatib o‘tamiz, mazkur holat yuzasidan jami 1 922 nafar bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Davolash jarayonlariga 17 ta ixtisoslashgan tibbiyot muassasasidan yuzdan ortiq mutaxassislar jalb etilgan. Bolalarga o‘tkir gastroenterit tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, mutaxassislar bu kasallik og‘ir toifaga kirmasligini va odatda asoratsiz o‘tishini ta’kidlagan.
Mazkur voqea bo‘yicha qonun doirasida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Maktabgacha va maktab vazirligi bolalarning barchasi sog’aygani va ularning salomatligiga xavf yo‘qlini to‘liq tasdiqladi. Hozirda barcha bolalar o‘z oilalari bag‘riga qaytgan.
