Muhokamalar portaliga “Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qoʻshma qaror loyihasi joylashtirildi.
Loyihaga koʻra, 2018-yil 29-dekabrdagi qarorga (Adliyadan roʻyxatdan oʻtgan raqami 3119) oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Xususan, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda quyidagi shtat birliklar qisqartirilishi mumkin:
– direktorning moliya-iqtisod ishlari boʻyicha oʻrinbosari
– yuriskonsult
– yoshlar yetakchisi
– hamshira
– laborant
– ustaxona mudiri
Loyiha bilan tasdiqlanadigan mazkur shtat birliklarini 2024-yil 1-sentyabrdan joriy etish taklif etilmoqda.
Avvaloq ijtimoiy tarmoqlarda maktablardagi ayrim shtatlar qisqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.