Sertifikat olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Buxoroda til sertifikati uchun imtihonlardan oʻtkazib berishni va’da qilgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘qituvchisi Sh.Sh. bir fuqaroga tanishlari orqali “Milliy til sertifikati”ni olib berishni va’da qilgan va ushbu va’da evaziga 2 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro S.O. boshqa bir fuqaro A.B.ga tanishlari yordamida “TOEFL iBT” nomli “S1 ” sertifikatini olish uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazib berishini aytgan va bu uchun 1 800 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры