Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul iyun oyidan boshlanadi - Ta’lim xabarlari
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul iyun oyidan boshlanadi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

 

Prezident maktablariga ikki sinfga 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.

 

Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari quyidagi hujjatlarni ariza.piima.uz veb-sayti orqali topshirishi kerak:

 

● baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
● o‘quvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
● o‘quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun telefon raqamlari.

 

O‘quvchilarga hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

 

Bunda, Prezident maktabiga kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Agar kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры