Ustama uchun ball to’plashda xodimning ish staji ham inobatga olinadi.
Umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar ularning kasbiy mahorati, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari uchun bir qancha mezonlar asosida belgilanadi.
Ta’lim muassasalaridagi pedagog xodimning ish stajiga qarab maksimal 10 ball beriladi:
– pedagogik ish staji 1 yildan 5 yilgacha – 4 ball;
– pedagogik ish staji 5 yildan 10 yilgacha – 7 ball;
– pedagogik ish staji 10 yil va undan yuqori – 10 ball.