Davlat komissiyasi bayoni bilan magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2025/2026-oʻquv yili davalat oliy ta’lim tashkilotlari magistratura mutaxassisliklariga umumiy qabul parametrlari doirasida:
Kunduzgi taʼlim shakliga – 16 286 nafar;
Kechki taʼlim shakliga – 657 nafar;
Masofaviy taʼlim shakliga – 335 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.
Qoʻshimcha imtiyoz bilan:
– kunduzgi taʼlim shakliga – 987 nafar;
– kechki taʼlim shakliga – 7 nafar;
– masofaviy taʼlim shakliga – 4 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.
Tanlov natijasi qaydnomalari uch kun muddatda respublika oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda yetkaziladi.
Shuningdek, magistraturasiga tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2025/2026-oʻquv yili uchun kontrakt toʻlovini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berishning soʻnggi muddatini 2025-yil 30-sentyabrga qadar uzaytirishga ruxsat berildi.
