Magistr talabalari uchun AQSHda 1,400$ haftalik ish haqi to‘lanadigan 10-12 hafta davom etuvchi dastur

Magistr talabalari uchun AQSHda 1,400$ haftalik ish haqi to‘lanadigan 10-12 hafta davom etuvchi dastur

AQSh davlati tomonidan taqdim etilayotgan Climate Corps Fellowship dasturi energiya va iqlim sohasidagi muammolarga yechim topish uchun analitik hamda loyiha boshqaruvi tajribasiga ega bo‘lgan yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

 

 

Dastur ishtirokchilari miqdoriy tahlil, loyiha boshqaruvi va tashkiliy o‘zgarishlarni samarali amalga oshirish qobiliyatlariga asoslanib tanlab olinadi. Maqsad — yuqori malakali talabalarni ekologik muammolarni hal qilishga jalb qilish hamda ularning professional rivojlanishiga yordam berish.

 

Dastur shartlari va imkoniyatlari

 

Dastur 10–12 hafta davom etadi. Har bir ishtirokchi haftasiga $1,400 miqdorida stipendiya oladi.

 

 

Trening haftasida ham qo‘shimcha 1 haftalik maosh to‘lanadi.

 

 

Ariza topshirish muddati: 2025-yil 22-dekabrgacha.

 

Ishtirok etish uchun asosiy talablar:

 

Nomzod ariza topshirish vaqtida quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:

 

 

– biznes, muhandislik, barqaror rivojlanish, atrof-muhitni boshqarish, davlat siyosati, data science, yozuvchilik yoki shunga o‘xshash sohada magistratura talabasining maqomiga ega bo‘lish;

 

– loyihalarni boshqarish va yetakchilik tajribasiga ega bo‘lish;

 

– kuchli yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmalari, jumladan taqdimot qila olish qobiliyati;

 

– ekologik muammolarni hal qilishga qiziqish va ishtiyoq;

 

– 2026-yil yozida AQShda ishlash huquqiga ega bo‘lish. (Batafsil ma’lumot uchun dasturning ish ruxsatnomasi qoidalari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.)

 

Ustunlik beriladigan qo‘shimcha ko‘nikmalar

 

Loyihalarning yo‘nalishiga qarab, quyidagi tajribaga ega bo‘lgan nomzodlar afzal ko‘riladi:

 

 

– kuchli moliyaviy va miqdoriy tahlil ko‘nikmalari, jumladan loyiha baholash;

 

– energiya samaradorligi, transport vositalarini elektrlashtirish, oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish yoki boshqa barqaror loyihalarda ishlash tajribasi;

 

– ma’lumotlarning miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilish ko‘nikmalari;

 

– issiqxona gazlari chiqindilarini hisoblash va hisobot berish tizimlarini chuqur bilish.

 

Ishtirokchilar uchun foydali tomonlari:

 

10–12 hafta davomida haftasiga kamida $1,400 miqdorida stipendiya;

 

1 haftalik trening uchun to‘lanadigan ish haqi;

 

Yetakchi mutaxassislar bilan ishlash, loyiha boshqaruvi va ekologik tashabbuslarda bevosita ishtirok etish imkoniyati.

 

Ariza topshirish tartibi:

 

Dasturga hujjatlar onlayn shaklda topshiriladi. Jarayon quyidagi bosqichlardan iborat:

 

 

1. Dastur va ariza topshirish jarayoni bilan tanishish uchun 30 daqiqalik virtual uchrashuvda ishtirok etish;

 

2. Paramount Global, Iron Mountain va Clean Energy New Hampshire 2025-yilgi bitiruvchilar paneli haqida video ko‘rish;

 

3. Ariza topshirish bo‘yicha qo‘shimcha maslahat olish uchun elektron pochta orqali ro‘yxatdan o‘tish;

 

4. Onlayn platforma orqali arizani topshirish;

 

5. Tanlab olingan nomzodlar bilan intervyu o‘tkaziladi.

 

 

Intervyudan so‘ng, EDF (Environmental Defense Fund) ishtirok etadigan tashkilot va loyihalar ro‘yxatini taqdim etadi. Nomzod o‘ziga mos loyihani tanlaydi va yakuniy tasdiqlash uchun mezbon tashkilot bilan bog‘lanadi.