Bakalavrga kirish test sinovlarida maksimal ball beradigan chet tili sertifikatlari ro’yxati yangilandi

Bakalavrga kirish test sinovlarida maksimal ball beradigan chet tili sertifikatlari ro’yxati yangilandi

Hukumat qaroriga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari tarkibida chet tili fani mavjud bo‘lgan taqdirda, ayrim xalqaro va milliy sertifikatlarga ega abituriyentlarga ushbu fandan imtihonsiz maksimal ball beriladi.

 

 

Ingliz tili bo‘yicha:

 

 

Academic IELTS 5.5 va undan yuqori;

 

General Training turi endi hisobga olinmaydi;

 

TOEFL iBT 72 va undan yuqori;

 

Cambridge English Qualifications tizimidagi B2 First (FCE);

 

C1 Advanced (CAE);

 

C2 Proficiency (CPE);

 

Linguaskill sertifikati qabul qilinmaydi.

 

 

Yapon tili bo‘yicha:

 

 

Milliy sertifikat B2 daraja;

 

JLPT (Japanese Language Proficiency Test) N2 chiqarib tashlandi.

 

 

Nemis tili bo‘yicha:

 

 

Milliy sertifikat B2 daraja;

 

Goethe-Zertifikat B2 va undan yuqori;

 

Deutsches Sprachdiplom (DSD) B2 va undan yuqori;

 

TestDaF B2 va undan yuqori.

 

 

Fransuz tili bo‘yicha:

 

 

Milliy sertifikat B2 daraja;

 

DELF qabul qilinmaydi;

 

TCF4 qabul qilinmaydi.

 

 

Boshqa tillar bo‘yicha:

 

 

Milliy yoki xalqaro sertifikat B2 va undan yuqori.

Shunday qilib, yangi tartibda IELTS sertifikati faqat Academic turda bo‘lishi shart. Linguaskill; JLPT; DELF; TCF sertifikatlari esa endilikda qabul qilinmaydi.

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab abituriyentlar chet tili fani bo‘yicha test sinovida maksimal ballni faqat yuqorida ko‘rsatilgan sertifikatlar orqali olishlari mumkin bo‘ladi.