Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi bog‘chalardan birida bog‘cha tarbiyachisi bolaning qo‘liga igna tiqqani tasvirlari tarqaldi.
“Ta’lim xabarlari” mazkur hodisa yuzasidan Maktabgacha ta’lim agentligi bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi paytda tarbiyachini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Ammo bolaning ota-onasi tarbiyachini o‘z ish joyida qolishini so‘ragani aytilmoqda.
Bu borada agentlik rasmiy munosabati hozircha e’lon qilinmagan.