Bugundan maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi — fotoreportaj

Bugun, 2-sentyabr kuni O‘zbekistondagi maktablarda ilk dars soatlari boshlandi. Tong sahardan shoshgan, uyqusiragan o‘quvchilar, quvonch va hayajonga to‘la ota-onalar, mehribon ustozlar ta’lim maskanlarida yig‘ildi.

Ta’kidlash joizki, bu yilda qariyb 740 ming nafardan ortiq birinchi sinf o‘quvchilari maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yishmoqda va ularga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali tarzda topshiriladi.

“Talimxabarlari.uz” muxbiri Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi maktablarning birida bo‘lib, o‘quv yilining ilk kuniga xos unutilmas lahzalarni kadrlarga muhrladi.

Bugundan maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi — fotoreportaj
“Talimxabarlari.uz” Dilfuza Qurbonboyeva

Ma’lumot uchun, yangi o‘quv yilidan qator yangiliklar ham rejalashtirilgan:

➖ Barcha ta’lim tashkilotlarida haftaning har dushanba kuni “Kelajak soati” darslari tashkil etilib, zarur qo‘llanmalar milliytarbiya.uzplatformasi orqali yetkaziladi.

➖ Yangi o‘quv yilidan “bog‘cha –maktab – oliy ta’lim” tizimida yagona g‘oyaviy tarbiya tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

➖Shuningdek, Prezidentning tegishli Farmoniga muvofiq, 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab:

umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;

umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshiriladi;

I va II guruhga kiruvchi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.