United World Colleges (UWC) birlashgan jahon kollejlari boʻlib, taʼlimni insoniyat, butun millat va madaniyatni tinch va barqaror kelajak uchun birlashtiradigan kuchga aylantiruvchi global harakat hisoblanadi. UWC yoshlarni, qaysi sohani tanlashlaridan qatʼi nazar, oʻz iqtidor va kuchini ijtimoiy oʻzgarish uchun sarflashga undaydi, yoshlarga bilim, koʻnikma va ishonch beradi.
Hozirda UWC jami 18 ta kollejni birlashtirgan boʻlib, ularda har yili 10.500 dan ortiq oʻquvchilar bilim oladi:
- UWC Changshu China (Xitoy);
- UWC Dilijan (Armaniya);
- UWC East Africa (Tanzaniya);
- UWC Red Cross Nordic (Norvegiya);
- UWC Maastricht (Niderlandiya)
- Waterford Kamhlaba UWC of Southern Africa (Estvatiniya);
- UWC Atlantic (Buyuk Britaniya);
- Li Po Chun UWC of Hong Kong (Xitoy);
- UWS-USA (Mexiko);
- UWC Adriatic (Italiya);
- UWC South East Asia (Singapur);
- UWC Mostar (Bosniya va Gersogovina);
- Pearson College UWC (Kanada);
- UWC Thailand (Tayland);
- UWC Robert Bosch College (Germaniya)
- UWC Mahindra College (Hindiston);
- UWC Costa Rica (Kosta-Rika);
- UWC Isak Japan (Yaponiya)
UWC kollejlarida oʻqish uchun dunyoning koʻplab mamlakatlaridan bilimli yoshlar oʻz davlatlarida saralash bosqichlaridan oʻtadi. Bugungi kunda dunyoning 150 dan ortiq davlatlarida saralash komissiyalari tashkil etilgan.
UWC ga qabul qilingan talabalar IBDP — International Baccalaureate Diploma Programme dasturida oʻqiydilar. Bu bizdagi bakalavrga tayyorlov kurslariga toʻgʻri keladi va 2 yil davom etadi. Oʻqishni bitirgandan keyin beriladigan diplom Oʻzbekistondagi kollej yoki akademik litsey diplomlariga teng. Ushbu dasturda talablar quyidagi 6 sohadan birida oʻqishni tanlashlari mumkin boʻladi:
Tilshunoslik va adabiyot;
Til oʻrganish;
Shaxs va jamiyat;
Science, yaʼni ilmiy fanlar;
Matematika;
Sanʼat.
Ushbu 6 sohadan tashqari, IBDP dasturida quyidagi 3 ta asosiy kurslar ham mavjud:
Insho yozish;
Bilim nazariyalari;
Kreativlik, faollik va xizmat koʻrsatish.
Bu haqida batafsil maʼlumot ushbu havolada berilgan.
Dasturda qatnashish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Nomzodlar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi kerak;
Maktabning 9-,10-,11-sinflarida yoki akademik litsey/kollejda oʻqiyotgan boʻlishi lozim;
2026-yil 1-sentyabr holatiga koʻra, 16 yoki 17 yoshda boʻlishi kerak. 2008-yil sentyabr va 2010-yil avgust oyida tugʻilganlar qatnasha oladi;
Akademik yuqori koʻrsatkichga ega boʻlishi shart;
Ingliz tilida ravon gapirishi yoki tezda oʻrgana olishi lozim.
Nomzodlar quyidagi sifatlarga ega boʻlishi kerak:
Intellektual qiziquvchanlik va motivatsiya: oʻz atrofidagi olamni oʻrganishga qiziqish, har qanday mavzuga doir global va mahalliy muammolarni tushunish va tahlil qila olish;
Faol yondashuv: oʻzini hurmat qilish, asossiz fikrlarga shubha bilan qarash va ularga qarshi kurashish, oilada va jamiyatda yaxshi xulq-atvorga ega boʻlish, barcha ishga katta masʼuliyat bilan qarash;
Ijtimoiy layoqat: Odamlar bilan tez aloqaga kirishib keta olish, barchaga hurmat bilan muomala qilish, muammolarni hal qilishda jamoa bilan birga ahillikda ishlash, oʻz fikrini boshqalarga har qanday vaziyatda yetkazib bera olish qobiliyati;
Bardoshlilik, shaxsiy masʼuliyat va vijdoniylik: oʻqish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qiyinchilik va oʻzgarishlarga jismonan va ruhan bardoshli boʻlish, UWCning umumiy axloq-odob qoidalariga rioya qilish, kamtarlik va boshqalarning fikrini tinglash va baholash qobiliyati;
UWC ga boʻlgan motivatsiya: UWC tizimidagi taʼlimning muhim tamoyili- bu talabalarning bitiruvdan soʻng oʻz vataniga qaytib olgan bilim, koʻnikma va tajribalarini oʻz mamlakatlari taraqqiyotiga baxshida etish , turli millat vakillari oʻrtasida tinchlik va oʻzaro bagʻrikenglikni mustahkamlashga boʻlgan kuchli xohishning mavjudligi. Nomzodlar ariza berish jarayonida ushbu sifatlarning barchasini namoyish eta olishi kerak.
Talablar haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Foydali tomonlari
Oʻqishga qabul qilinganlar qoʻshimcha moliyaviy yordam uchun ariza topshirishlari va ular quyidagi imtiyozlarga ega boʻlishlari mumkin:
Oʻquv kontrakt toʻlovi toʻliq moliyalashtiriladi;
Oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda bepul turarjoy, oziq-ovqat va oʻquv darsliklari va kitoblar bilan taʼminlanadi;
Eslatma! Grant dasturi safar, viza va sugʻurta kabi xarajatlarni qoplab bermaydi. Oʻqish kontrakt toʻlovlari oʻquv dargohlariga qarab yiliga $16,000 dan $54,000 gacha boʻlishi mumkin. Toʻlovlar har oʻquv yilining boshida toʻlanishi kerak.
Hujjat topshirish
Ariza topshirish tartibi
Muhim maʼlumotlar:
Nomzodlar tanlagan kollejlariga emas, UWC saralash qoʻmitasi nomiga ariza topshirishlari kerak;
Nomzodlar faqat bir marta saralash qoʻmitasi orqali ariza topshirishlari mumkin;
Nogironligi bor nomzodlar ham ariza topshirishlari mumkin;
Nomzod haqidagi shaxsiy maʼlumotlar xavfsiz saqlanadi va oshkor etilmaydi. Dasturga qabul qilinganlar yakuniy roʻyxati aprel oyida eʼlon qilinadi.
Eng koʻp berilgan savollar va uning javoblari bilan ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: uzbekistan@uwcnc.org
