Umumtaʼlim, musiqa maktablari, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlaridagi bir qancha lavozimlar ham qisqartirilishi mumkinligi haqida avval xabar bergan edik.
Maʼlum boʻlishicha, Davlat Rahbariga byudjet qonunchiligi talablariga muvofiq boʻlmagan, samarasiz, bir-birini takrorlovchi shtatlar va xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan axborot berilgan.
Shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorovga uch kun muddatda joriy yilning II choragida tushumlarni kamida 10 foizga oshirish hamda II yarim yillikda byudjet barqarorligini taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish topshirilgan.