Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun 2025-yilgi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra o‘tish ballari e’lon qilindi.
O‘tish ballari eng yuqori bo‘lgan OTMlar:
— O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti (Nukus filiali) — 149.7 ball (grant)
— Milliy rassomchilik va dizayn instituti — 147.2 ball (grant);
— Toshkent davlat yuridik universiteti — 137.4 ball (grant);
— “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti — 134.5 ball (grant);
— Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti — 114.3 ball (grant).
O‘tish ballari eng past bo‘lgan OTMlar:
— Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 56.9 ball (kontrakt);
— Toshkent davlat texnika universiteti — 56.7 ball (kontrakt);
— Qoraqalpoq davlat universiteti — 56.7 ball (kontrakt);
— Farg‘ona davlat texnika universiteti — 56.8 ball (kontrakt).
Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlarning 2025-yilgi o‘tish ballari bilan tanishish uchun bu yerga bosing.
Ma’lumot uchun: Harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 766 ta qo‘shimcha ajratilgan edi.
Harbiy tavsiyanomali abituriyentlar uchun ajratilgan kvotalar ta’lim shakllari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
— kunduzgi ta’lim — 7 420 ta (shundan 1 775 ta davlat granti, 5 645 ta to‘lov-kontrakt asosida);
— kechki ta’lim — 1 436 ta (barchasi to‘lov-kontrakt asosida);
— masofaviy ta’lim — 910 ta (to‘lov-kontrakt asosida).
Mazkur qo‘shimcha kvotalar harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlarga berilgan. Shuningdek, qo‘shimcha kvotalar aniq bir ta’lim yo‘nalishi uchun emas, balki OTM kesimida ajratilgan.
Muhim: Harbiy tavsiyanoma qo‘shimcha ball bermaydi. Imtiyoz shunchaki abituriyentni qo‘shimcha kvotada qatnashish huquqi bilan ta’minlaydi. Ya’ni, tanlov imkoniyatini oshiradi, lekin natijaga faqat to‘plangan ball asosida qaraladi.
