Ijtimoiy tarmoqlarda turli firibgarlar tomonidan pedagoglar attestatsiya uchun “X-variantlar” taklif qilish holatlari uchramoqda.
Yolg‘on ma’lumotlarga ishonib, qimmatli vaqtingiz va pullaringizni bekor sarflamang!
Malaka (test) sinovi uchun tuziladigan savollar bazasi har yili butunlay yangilab boriladi va bu ma’lumotlarning uchinchi tomonga taqdim etilmasligi qat’iyan kafolatlangan.
Agar sizga kimdir ma’lum miqdordagi to‘lov evaziga shu kabi xizmatlarni taklif qilsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishni tavsiya qilamiz.