Bolalarga samarali o‘qishda yordam beradigan 7 usul

Bolalarga samarali o‘qishda yordam beradigan 7 usul

Maktab boshlanishida o‘qituvchilar ko‘pincha tartib-qoidalar, munosabatlar va dars mazmuniga e’tibor beradi. Ammo o‘qishni qanday to’g’ri yo’lga qo’yish kerakligi ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. O’qishni to’g’ri yo’lga qo’ymaslik eng qiziqarli darslar ham yodda qolmasligiga olib kelishi mumkin.

 

 

Psixologlar aytishicha, bugungi kunda o‘quvchilarning ko‘pchiligi o‘zlari YouTube’dan yoki do‘stidan maslahat olish orqali qanday qilib samarali o‘qish kerakligini bilib olganini aytadi.

 

 

Shuningdek, olim Alison Stoun o‘quvchilarga «tarqalgan takrorlash» va «esga olish» usullarini aniq nomlab, ularni uyda ham qo‘llashga undaydi.

 

 

Quyida mutaxassislarning tadqiqotlar asosida tuzilgan 7 ta samarali o‘qish usullari keltirilgan:

 

 

1. Diqqatni chalg‘itadigan narsalarni yo‘q qilish

 

O‘quvchilar ko‘pincha telefon va boshqa qurilmalarning o‘qishga ta’siri yo’q deb hisoblaydi, lekin tadqiqotlar aksini ko‘rsatadi. Hatto 3 soniyalik chalg‘ish xato qilishga olib keladi. Shu sababli, o‘quvchilar uyda o‘qish uchun telefon, televizor va o‘yinlardan holi joy tanlashlari kerak.

 

 

2. O‘qituvchi kabi o‘ylash

 

2024-yilgi tadqiqotga ko‘ra, o‘quvchilarga mavzuni sinfdoshlariga tushuntirish topshirilganda, ular testda 50% yaxshiroq natija ko‘rsatgan. Bu usul bilimdagi bo‘shliqlarni aniqlashga yordam beradi. O‘qituvchilar sinfda do‘stlarga o‘rgatish mashqlari o‘tkazib, uyda ham takrorlashni tavsiya qilishi mumkin.

 

 

3. So‘nggi daqiqaga qoldirmaslik

 

Ko‘pchilik o‘quvchilar imtihon oldidan kechasi o‘qishni boshlaydi, bu samarali emasdir. “Tarqalgan takrorlash” usuli – o‘qishni bir necha kunga yoki haftalarga bo‘lib, bajarish yaxshiroq foyda beradi. Rejalar tuzib, o‘qish uchun vaqt belgilash muhim hisoblanadi.

 

 

4. Tanaffus qilishni unutmang

 

Qisqa tanaffuslar diqqatni va ma’lumotni qayta ishlashni yaxshilaydi. Masalan, Pomodoro texnikasi bo‘yicha 25 daqiqa o‘qib, keyin 5-10 daqiqa tanaffus qilish mumkin.

 

 

5. Eslatmalar yozish

 

Ko‘pchilik o‘quvchilar o‘qituvchining so‘zlarini faqat ko‘chiradi, lekin ularni tushunmaydi. O‘quvchilarga faqat so‘zlarni yozmasdan, o‘z fikrlarini ham yozishni o‘rgatish kerak. Eslatmalarni qayta ko‘rib chiqib, to‘ldirish foydali.

 

 

6. Xotirani mashq qilish

 

Faqat o‘qish emas, esda qolgan yoki qolmagani tekshirish lozim. Masalan, o‘qishni tugatgach, o‘rganganlarini eslab, test yoki savollarga javob berish foydali.

 

 

7. Qiyinchilikni qabul qilish

 

O‘quvchilar ko‘pincha oson usullarga murojaat qiladi, lekin samarali o‘qish ko‘proq miyaning kuchli ishlashini talab qiladi. O‘z-o‘zini sinash, do‘stlarga o‘rgatish va eslatmalarni qayta takrorlash qiyin bo‘lishi mumkin, ammo bu usullar bilimni chuqurroq singdiradi.