Tramp chet ellik talabalar uchun Garvardda o‘qish vizalarini cheklovchi farmonni imzoladi

Tramp chet ellik talabalar uchun Garvardda o‘qish vizalarini cheklovchi farmonni imzoladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Garvard universitetiga o‘qish uchun kelayotgan deyarli barcha chet ellik talabalarni mamlakatga kiritishni taqiqlash harakatini boshladi. Bu harakat AQShning eng qadimiy va eng boy universitetiga qarshi Tramp ma’muriyatining navbatdagi hujumidir.

 

 

Ushbu yangi harakat universitet talabalarining chorak qismini tashkil qiladigan xalqaro oqimni to‘xtatishga qaratilgan.

 

 

Joriy yilning 4-iyun kuni imzolangan farmonda Tramp chet ellik talabalarni Garvard kampusida joylashtirish milliy xavfsizlikka tahdid solishini ta’kidlagan.

 

“Yuqorida ta’riflangan chet elliklar guruhining kirishini AQSh manfaatlariga zid, deb topdim, chunki mening fikrimcha, Harvardning faoliyati uni chet ellik talabalar va tadqiqotchilar uchun yaroqsiz maskanga aylantirdi”, — deb yozilgan farmonda.

 

Euronews nashriyotining ta’kidlashicha, bu Oq uy va universitet o‘rtasidagi ziddiyatning yanada kuchayganini anglatadi. O‘tgan hafta federal sud Ichki xavfsizlik departamentining Garvarddagi xalqaro talabalarni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatib qo‘ygan edi.

 

Tramp chet ellik talabalar uchun Garvardda o‘qish vizalarini cheklovchi farmonni imzoladi

 

U AQSh prezidentiga xorijiy fuqarolarni mamlakatga kirishini «AQSh manfaatlariga zid» deb topib, to‘xtatish vakolatini beruvchi umumiy federal qonunga tayanib chiqqan.

 

 

Tramp ushbu vakolatdan ilgari ham foydalangan — 12 mamlakat fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlab, yana 7 davlatga nisbatan cheklovlar kiritgandi. Ko‘pchilik bu harakatni uning birinchi prezidentlik davridagi “musulmonlarga qarshi taqiq”ning qayta tiklanishi deb baholamoqda.

 

 

Trampning Garvard haqidagi farmoni boshqa qonunlarga ham tayanadi, jumladan, terroristik tashkilotlar bilan aloqador xorijliklarga kirishni taqiqlovchi qonunga.

 

 

4-iyun kuni kechqurun Garvard universiteti bayonot berib, xalqaro talabalarini himoya qilishda davom etishini bildirgan.

“Bu — universitetning Birinchi tuzatish (First Amendment) bo‘yicha huquqlarini buzuvchi, ma’muriyat tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi noqonuniy va qasoskor qadamlardan biridir,” — deyiladi bayonotda.

 

Ziddiyat federal hukumat tomonidan universitetga qo‘yilgan bir qator talablarni Garvard rad etganidan keyin boshlangan. Bu bahs Ichki xavfsizlik departamenti universitetni xorijlik talabalar bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari haqida ma’lumot bermadi deb ayblaganidan so‘ng yanada kuchaygan.

 

Tramp chet ellik talabalar uchun Garvardda o‘qish vizalarini cheklovchi farmonni imzoladi
Euronews

 

Garvard so‘rovga javob berganini bildirgan bo‘lsa-da, Oq uy bu javobni yetarli deb topmagan.

 

 

Ziddiyat allaqachon bir necha oydan beri davom etmoqda. Tramp ma’muriyati Garvarddan bir qator siyosiy va boshqaruv o‘zgarishlarini talab qilgan, universitetni “liberalizm o‘chog‘i” deb atagan va yahudiylarga qarshi tajovuzni e’tiborsiz qoldirishda ayblagan.

 

 

Garvard bu talablarni rad etib, ularni universitetning mustaqilligiga tahdid va butun AQSh oliy ta’lim tizimi erkinligiga qarshi xatar sifatida baholagan.

 

Tramp chet ellik talabalar uchun Garvardda o‘qish vizalarini cheklovchi farmonni imzoladi

 

Hozirda Garvardda tahsil olayotgan 6 800 nafar chet ellik talabaning vizalari masalasida esa Trampning aytishicha, bu borada qarorni AQSh Davlat kotibi Marko Rubio qabul qiladi.

 

 

Ta’kidlanishicha, yangi farmon olti oy amal qiladi. Tramp ma’muriyati uni yana uzaytirish huquqini saqlab qolgan, bu boradagi navbatdagi qaror 90 kun ichida qabul qilinadi.