Rasman: Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi xorijda o‘qitiladi

Prezident qaroriga ko‘ra  2024-2025-o‘quv yilidan tibbiyot OTMning 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTM va markazlarda o‘qitiladi.

2024/2025 oʻquv yilidan:

➖tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTMlar va markazlarda oʻqitiladi;

➖tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida koʻp tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi toʻlanadigan internatura tashkil etiladi;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasining taʼlim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkaziladi;

➖tibbiyot yoʻnalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi.

📁Quyidagi magistrlik yoʻnalishlari joriy etiladi hamda har yili kamida 150 nafar mutaxassislarni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash choralari koʻriladi:

🔸“Jamoat salomatligini tashkil etish va boshqarish” (Public Health and Healthcare Management);
🔸“Jamoat salomatligi: epidemiologiya va maʼlumotlar tahlili” (Public Health: Epidemiology and data science/data analytics);
🔸“Jamoat salomatligi: ovqatlanish” (Public Health: Nutrition);
🔸“Profilaktik tibbiyot” (Preventive Medicine);
🔸“Jismoniy faollik va reabilitatsiya” (Physical Activity and Rehabilitation).

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры