Oʻzbekiston ingliz tilini bilish indeksida 98-oʻrinni egalladi

Oʻzbekiston ingliz tilini bilish indeksida 98-oʻrinni egalladi

Ingliz tilini bilish darajasi boʻyicha davlatlar reytingi eʼlon qilindi.

 

O‘zbekiston ingliz tilini bilish indeksida 116 ta davlat orasida 98-o‘rinni egalladi, o‘tgan yili esa 93-o‘rinda edik.  Jumladan, Afg‘oniston 95-o‘rin bilan ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha O‘zbekistonni ortda qoldirgan.

 

Ingliz tilini eng yaxshi biladigan davlatlar qatorida Niderlandiya (“juda yuqori daraja”) yetakchilik qilmoqda. Keyingi oʻrinlarda Norvegiya, Singapur, Shvetsiya va Xorvatiya joylashgan. Reytingning soʻnggi oʻrnini esa Yaman egallagan.

 

To’liq reyting jadvali bilan quyidagi rasmda tanishib chiqishingiz mumkin:

 

Oʻzbekiston ingliz tilini bilish indeksida 98-oʻrinni egalladi