Abu-Dabi shahrida “Zayed Sustainability Prize” tanlovida oʻz ixtirolari bilan gʻolib chiqqan Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Pahlavon Gʻulomov, Asilbek Ashrapov va ularning ustozi Sohibjon Azizov avtomobil bilan taqdirlandi.
Maʼlumot uchun, tanlovning “Global High schools” yoʻnalishida qatnashgan oʻzbekistonlik bu ikki nafar oʻquvchi yomgʻir suvini qayta ishlab, isteʼmol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritgan edi.