Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi 408-sonli buyrug‘i bilan:
– 2025-yil uchun vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarning hududlar kesimidagi kvotasi;
– 2025-yil uchun vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarning hududlar kesimidagi kvotasi;
– vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va nomzodlarni saralash bo‘yicha reglament tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan Respublika bo‘yicha 2025-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni (yillik) 1 500 nafar etib belgilandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.
Eslatma! Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun erish kerak bo’lgan natijalar haqida ma’lumot bergandik.