Ta’lim tizimimizning yutuqlari xalqaro maydonda yana bir bor e’tirof etildi – Saida Mirziyoyeva

Toshkentdagi Prezident maktabi o‘quvchilari yomg‘ir suvini ichishga yaroqli darajagacha qayta ishlash loyihasi bilan Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi va qiymati 150 ming dollar bo’lgan grantga sazovor bo’ldi.

Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotni qo‘lga kiritgan Prezident maktabi o‘quvchilarini tabrikladi.

«Ta’lim tizimimizning yutuqlari xalqaro maydonda yana bir bor e’tirof etildi. Toshkent shahridagi Prezident maktabi Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning «Global o‘rta maktablar» nominatsiyasida g‘olib deb topildi», — deb yozadi o‘zining Telegramdagi sahifasida.

Ma’lumotlarga ko’ra,  maktab o‘quvchilari Pahlavon G‘ulomov va Asilbek Ashrapov hamda ularning ustozi Sohibxon Azizovning yomg‘ir suvini ichishga yaroqli darajagacha qayta ishlash loyihasi g‘alabani qo‘lga kiritgan. Tanlovga 156 ta davlatdan jami 5980 ta ariza kelib tushgan.

14-yanvar kuni Abu-Dabida mukofotni o‘quvchilarga Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirgan. Taqdirlash marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

«Yoshlarimizning bu ajoyib muvaffaqiyati barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi, shuningdek, prezidentimiz tanlagan barqaror va «yashil» rivojlanish yo‘li naqadar to‘g‘ri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Biz o‘quvchilarimizga yanada yuksak yutuqlar va yangi zafarlar tilaymiz», — deydi Saida Mirziyoyeva.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры