Qirg’izistonda katta sinf o‘quvchisi 11 yoshli bolani ovqat va pul uchun kaltakladi

Bishkekdagi 13-sonli maktab yaqinida katta sinf o‘quvchisi 11 yoshli bolani kaltaklab, undan ovqat va pul talab qildi. Bu haqda jabrlangan bolaning onasi ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.

 

 

Jabrlanuvchini onasining so‘zlariga ko‘ra, voqea 22-dekabr kuni Moskva ko’chasi va Manas bekatlari kesishmasida sodir bo‘lgan. O‘sha kuni uning ikki o‘g‘li do‘stlari bilan uyga qaytayotgan bo’lgan.

 

 

“Men ularni maktabga yuborishdan oldin ularga pitsa va konfet solingan paketlar bergan edim. 13-maktab yaqinidan o‘tayotganda, ularni katta sinf o‘quvchilari chaqirib, ulardan biri do‘stlarining paketlarini tortib olibdi. Keyin katta o’g’lim o‘sha katta sinf o‘quvchilarni ortidan ergashib rasmga olgan. Buni ko’rib qolishganidan keyin o’g’illarimni paketiga yopishgan”, – dedi ayol.

 

 

Ma’lum qilinishicha, o‘g‘li paketdagi narsalarni onasi uchunligini aytib rad etgan. Lekin ularni tor ko‘chaga olib o’tib, pul talab qila boshlagan. “Cho‘ntagingda hatto bir som topilsa ham, bu yomon tugaydi”, deb tahdid qilishgan.

 

 

Ayolning aytishicha, katta o‘g‘li do‘stlarini himoya qilishga harakat qilib, yigitni tinchlantirishga uringan. Ammo o‘sha katta sinf o‘quvchisi uni ushlab, yerga yotqizib boshiga tepgan.

 

 

Shundan so’ng, bolalardan biri bu haqda ota-onasiga aytib, militsiyaga murojaat qilishini aytganida, hujum qilgan katta sinf o’quvchisining javobi: “Mening otam militsiyada, amakim esa prokuraturada ishlaydi”, bo‘lgan.

 

 

Jabrlanuvchining onasini so‘zlariga ko‘ra, bolalar uyga qaytishganidan so’ng, barchasini ota-onasiga aytib berishgan. Katta o’g’lini ahvoli yomon bo’lishiga qaramasdan shifoxona va militsiyaga borishdan bosh tortgan. Voqeadan 3 kun o’tib, bosh va bel sohalarida og’riq kuchaygani sabab kasalxonaga yotqizilgan.

 

 

Tahlil natijalari bosh miyani o’sha vaqt qattiq narsaga urilgani sabab chayqalganini ko’rsatgan. Ko’z nuri pasayganmi yo’qmi bir oydan so’ng ma’lum bo’lishini ta’kidlagan.

 

 

Hozirda bolaning bosh og’rig’i hali to’xtamagan. Lenin tumani IIB voqea yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilayotganini va ekspertiza tayinlanganini ma’lum qilgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры