Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasida “Ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev tizimda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida axborot berdi.
Unga koʻra, endilikda kambagʻal oila reyestridagi talabalarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi 80 foizdan yuqori boʻlsa, keyingi oʻquv yili uchun davlat granti va foizsiz kredit taqdim etilishi rejalashtirilgan. Bu kelgusida yoshlar yetuk mutaxassis boʻlishiga zamin yaratadi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozimki, 2024-yil 1-dekabrdan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambagʻal oilalar reyestri shakllantirilmoqda