Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on tumanidagi maktablarning birida qizlar o’rtasida mushtlashuv bo’lgani haqida xabar bergan edik.
Vaziyat bo’yicha Bolalar Ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo’lishicha, holat joriy yilning 13-dekabr kuni K.U (2008-yilda tugʻilgan qiz bola) A.R (2005-yilda tugʻilgan ayol) tomonidan kaltaklangan.
Aniqlanishicha, voyaga yetmagan K.U. goʻyoki A.R. haqida nomaqbul gaplar aytganligini u boshqalardan eshitgach, A.R. istirohat bogʻida qizni yerga yotqizib, yuzi va tanasiga musht urgan, sochidan tortib yerda sudragan va buni atrofdagilar kuzatib turgan.
“Mazkur holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Jarohat darajasini aniqlash maqsadida K.U. ga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan bunday zoʻravonlik harakatlariga qatʼiy qonuniy chora koʻrilishi shart!
Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan oʻz kuzatuvini davom ettiradi”, — deyiladi xabarda.