2024-yilning 28-noyabr kuni o’smir yigit do‘stlari bilan sobiq “Chorsu” mehmonxonasiga ruxsatsiz kirib, 21-qavatdan yiqilishi natijasida vafot etgan.
Shayxontohur tuman ichki ishlar boshqarmasiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2024-yilning 28-noyabr kuni taxminan soat 19:30 atrofida 2008 yilda tug‘ilgan o’smir yigit do‘stlari bilan sobiq “Chorsu” mehmonxonasiga ruxsatsiz kirgan. 21-qavatdan pastga tushayotganida, qoqilib ketib, 3-qavatga qulaganligi aytilgan.
O‘smir olgan tan jarohatlari natijasida, hodisa joyida vafot etgan. Marhum vafot etganligi holati yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.