Xabarlarga ko‘ra, Janubiy Koreya Taʼlim vazirligi birinchi marta sunʼiy intellektga asoslangan 76 ta raqamli darslikni tasdiqlagan. Yangi materiallar boshlangʻich va oʻrta maktablarda oʻqitish uchun moʻljallanganligi aytilgan.
Sunʼiy intellekt (SI) yordamida yozilgan darsliklar 2025-yilgacha dasturga kiritiladi – ular matematika, koreys, ingliz va informatika fanlarini oʻrganishda qoʻllaniladi. 2028-yildan boshlab tarix, biologiya, geografiya va texnologiya fanlarini oʻqitishda ham aqlli kitoblardan foydalaniladi.
Taʼkidlanishicha, Samsung va LG kompaniyalari sunʼiy intellekt darsliklarini ishlab chiqadi va nashr etadi. Interfaol kitoblar turli tillarga va subtitrlarga tarjima qilishni qoʻllab-quvvatlaydi, shuningdek, sunʼiy intellekt yordamida oʻquvchilar bilimini baholashi mumkin boʻladi.
Umumiy taʼlim tizimiga sunʼiy intellektning joriy etilishi undan foydalanish har doim ham tijorat maqsadlarida bogʻliq emasligini koʻrsatadi, deb yozdi ITHome. Neyron tarmoqlar yordamida samarali taʼlim olish mumkin. Ehtimol, yaqinda boshqa davlatlar ham xuddi shunday yoʻl tutadi.