“Oʻquvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident 393-son (15.11.2024) qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta (Prezident, ijod, ixtisoslashgan taʼlim muassasalari) taʼlim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani nufuzini oshirish va uning rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yangi tizim joriy etiladi.
Yangi tizimga koʻra:
➖“Vatan taqdiriga daxldorlik tuygʻusi, faol hayotiy pozitsiya” tamoyiliga asosan yangilangan CHQBT fanining oʻquv dasturi va darsliklari yaratiladi;
➖taʼlim tashkilotlarida CHQBT fani haftasiga ikki soatdan oʻqitiladi.
2025-yil 1-iyundan taʼlim tashkilotlarida CHQBT rahbari lavozimi joriy etiladi.
Shuningdek, taʼlim tashkilotlarida:
– oʻquvchilar oʻrtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak oʻyinlari boʻyicha alohida tanlovlar hamda harbiy-sport musobaqalari oʻtkaziladi;
– ziyolilar va nuroniylar ishtirokida “uch avlod uchrashuvlari” tashkil etiladi;
– harbiy xizmatchilar tomonidan motivatsion suhbatlar va mahorat darslari olib boriladi.