Matematika, fizika, tarix va geografiya fanlarida apellyatsiya natijalari ma’lum qilindi

Matematika, fizika, tarix va geografiya fanlarida apellyatsiya natijalari ma’lum qilindi

2024-yil 12-oktyabr kuni matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 25-oktyabr kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi.

 

 

Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida test natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellyatsiya arizalari qabul qilindi.

 

 

Arizalar Apellyatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellyatsiya komissiyasining qarori talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

 

 

Apellyatsiya arizasi bergan talabgorlar my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan Apellyatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin.